Amerika latifasi. Ikki doʻst bir kunda vafot etishibdi, biri jannatga, ikkinchisi doʻzaxga tushibdi. Ulardan biri ikkinchisiga qoʻngʻiroq qilganida, doʻzaxga tushgani taqdirdan nolimayotgan ekan. Jannatga tushgan taqvodor esa, aksincha, hech qachon bunchalik ogʻir ishlamaganini — Somon yoʻliga sut tashishini, yulduzlarni tozalashini, bulutlarni itarishini aytibdi. "Nega senda bunchalik ish koʻp?" — deb soʻrabdi gunohkor. Taqvodor unga nima deb javob bergan?