Betxoven oʻzining uchinchi simfoniyasini ushbu shaxsning nomi bilan atamoqchi edi, lekin bir kuni maʼlum bir xabarni eshitgach: "Bu ham oddiy odam ekan! Endi u barcha inson huquqlarini oyoqosti qiladi, faqat oʻz shuhratparastligiga ergashadi, oʻzini hammadan ustun qoʻyadi va tiranga aylanadi!" deb xitob qilgan. Diqqat, savol! Biz "Qahramonlik" simfoniyasi deb biladigan asar kimning nomi bilan atalishi kerak edi?
Napoleon Bonapart (Betxoven Napoleon oʻzini imperator deb eʼlon qilganidan keyin niyatidan qaytgan).