Buyuk nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven yashagan va uning bir kumiri boʻlgan. U bir safar ushbu kumirini simfoniyada ulugʻlashga qaror qilibdi. Asarni yozib, unga bagʻishlabdi, lekin shu payt kumiri bir nojoʻya ish qilib qoʻyibdi. Betxoven darhol gʻazablanib, bagʻishlov yozilgan titul varagʻini yirtib tashlabdi va shunchaki — "Qahramonlik" deb yozib qoʻyibdi. Bu kumir qaysi harakati bilan Betxovenni shunchalik gʻazablantirgan edi?