Sharqda BU narsa qadimdan kundalik foydalanish buyumi boʻlib xizmat qilgan. Dastlab BU narsa uchun lotos va palma barglaridan foydalanilgan, keyinchalik BU narsani yogʻoch, metall va matodan yasay boshlashgan. Bundan tashqari, BU narsa fil suyagi va toʻrlardan yasalib, hashamatli bezatilgan. Gʻalati tuyulishi mumkin, ammo BU narsadan maxfiy muloqot uchun ham foydalanilgan. BU nima?