BIRINCHI va IKKINCHIning oʻxshash jihatlari koʻp. Ikkalasi ham uzoq umr koʻrishgan, ikkalasi ham oʻz tanasini oʻzgartirishga ulgurishgan, hatto ismlari ham bir xil harf bilan boshlangan. Ikkalasi ham bir sivilizatsiyaning inqirozini va boshqa, yangi sivilizatsiyaning gullab-yashnashini koʻrishgan va bunda shunchaki chetdagi tomoshabin boʻlishmagan. Toʻgʻri, BIRINCHIni odamdan ajratib boʻlmasdi, IKKINCHIni esa hech kim odam bilan adashtirmasdi. Bizga BIRINCHI va IKKINCHI haqida soʻzlab bergan fantast yozuvchilarni ayting.