gotquestions.online

Adaşlar haqida savol. BIRINCHI va IKKINCHI oʻrtasida, ularni uch yarim asrdan koʻproq vaqt ajratib turganiga qaramay, juda koʻp umumiylik bor: ikkalasi ham bir xil ishni amalga oshirgan (vaxolanki, BIRINCHI aslida oʻz kasbi vakillari orasida bu ishni oxiriga yetkazgan ikkinchi kishi edi); ikkalasi ham buning uchun juda oʻxshash vositalardan foydalangan; nihoyat, ikkalasi ham bir xil mukofotga sazovor boʻlgan. Ammo ular oʻrtasida farqlar ham koʻp: IKKINCHI yolgʻiz harakat qilgan, BIRINCHI esa guruh tarkibida; IKKINCHI tinchliksevar edi, BIRINCHI esa jangovar; nihoyat, IKKINCHI oʻz sogʻligʻini tiklash uchun bu ish bilan shugʻullangan, BIRINCHINI esa bu ish oxir-oqibat halok qilgan. BIRINCHI sharafiga nomlangan narsa oʻzining kengligi bilan ajralib turadi, sizdan esa IKKINCHINI nomlashingizni soʻrayman.

Manba