Qirol Fridrix II bir safar Volterni u bilan birga qayiqda sayr qilishga taklif qildi. Volter avvaliga bajonidil rozi bo‘ldi, lekin qayiqdan suv o‘tayotganini ko‘rgach, tezda undan sakrab tushdi. “O‘z hayotingiz uchun bunchalik qo‘rqasiz-a, — deb kuldi qirol, — men esa qo‘rqmayapman”. “Bu mutlaqo tushunarli”, — deb javob berdi Volter. Volterning gapini yakunlang.