Kunlarning birida yuqori martabali amaldor Volterni uning Ferne qasridagi hovlisida ziyorat qildi. Amaldorga qasr shunchalik yoqdiki, u Volternikida bir necha hafta mehmon boʻlib qolish niyatini bildirdi. Bunga javoban Volter kinoya qildi: "Siz menga Don Kixotni eslatyapsiz, faqat..." Volterning soʻzlariga koʻra, amaldor Don Kixotdan nima bilan farq qilgan?
U karvonsaroylarni qasr deb oʻylardi, siz esa qasrlarni karvonsaroy deb oʻylayapsiz