Bir necha yil oldin Fransiyada oʻqituvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi va ularga yagona savol berildi: "Oʻz faoliyatlarida nimadan qoʻrqishadi?" Soʻrovnoma natijalari kutilmagan boʻlib chiqdi. Uchinchi oʻrinni pedagoglarni litsenziyalovchi va ularning malakasini tekshiruvchi komissiyadan qoʻrqish egalladi. Ikkinchi oʻrinda axborot portlashi davrida oʻqituvchi oʻz sohasidagi eng soʻnggi ma'lumotlardan orqada qolishi, oʻquvchi esa ularni bilishi mumkinligidan qoʻrqish boʻldi. Xoʻsh, fransuz oʻqituvchilari hamma narsadan yoki hamma odamdan koʻra koʻproq nimadan qoʻrqishadi?