Yaqinda Buyuk Britaniyada odamlar eng koʻp qoʻrqadigan narsalar reytingi tuzildi. Birinchi oʻrinda hasharotlar va oʻrgimchaklar, ikkinchi oʻrinda — terrorizm, uchinchi oʻrinda — ilonlar, toʻrtinchi oʻrinda — balandlikdan qoʻrqish, sakkizinchi oʻrinda — ommaviy chiqishlar, oʻninchi oʻrinda — parvozlar qayd etildi. Roʻyxatga tibbiyot bilan bogʻliq ikkita qoʻrquv ham kirdi: ukol va ignalardan qoʻrqish (yettinchi oʻrin) va yana biri. Qaysi biri?