Tasavvur qiling, siz qandaydir moʻjiza bilan oʻrta asrlar qasriga tushib qoldingiz. Hovliga chiqasiz va gʻalati manzarani koʻrasiz: bir necha kishi terga botib hovli boʻylab qum toʻldirilgan bochkalarni dumalatib yuribdi. Bochkalarda qumdan tashqari yana nima bor?