Polshaning Malbork shahrida ritsarlar-salibchilar tomonidan qurilgan qasr bor. Hozirda qasrda muzey joylashgan. Muzey xodimlari oʻrta asrlar muhitini sinchkovlik bilan tiklamoqdalar. Baʼzi detallarning aniqligi kishini hayratda qoldiradi. Masalan, qasrda bir xona bor, u yerdagi kam sonli interyer detallari orasida ustida yangi karam barglari yotgan tokchalar eʼtiborni tortadi. Bu qanday xona?