Qadimda odamlar bu tabiat hodisasining sababini bilmay, unga eng fantastik tushuntirishlar berishgan. Barcha xalqlarda bu doiralar qiziqish uygʻotgan. Fransiyada ular "sehrli doiralar", Qadimgi Rusda "yalmogʻiz doiralari" deb atalgan; oʻrmonda oy nuri ostida sehrli parilar, yalmogʻizlar yoki mitti oʻrmon gnomlari — trollar raqsga tushib, yerni doira shaklida bosib tashlaydi, deb oʻylashgan, bu doiralar chetida tongga yaqin qoʻziqorinlar oʻsib chiqardi. Tuproqdagi zamburugʻ oʻzagi (mitseliy) markazdan qurib, doira boʻylab kengayadi. Uning chetlarida esa qoʻziqorinlar oʻsib chiqadi.