Debra Linn Halpern, Rendolf Bleyk va Jeyms Hillenbrend nima uchun odamlarni doskani tirnoq bilan tirnashdan chiqadigan tovush g'azablantirishini birgalikda aniqlashdi. Tadqiqot davomida olimlar "doskani tirnayotgan tirnoq" ovozi ko'p jihatdan makakalarning ba'zi "ogohlantirish qichqiriqlari"ga o'xshashligini taxmin qilishdi. Boshqacha qilib aytganda, "bizning nafratimiz ajdodlardan meros bo'lib qolgan rudimental refleks bilan bog'liq bo'lishi mumkin". Olimlarning ushbu kashfiyoti munosib baholandi va ularga mukofot topshirildi. Ushbu mukofotni ikki so'z bilan ayting.