Endi savolni tinglang. Qarshingizda professor Trevor Koks tomonidan internetda oʻtkazilgan soʻrovnomaning, taʼbir joiz boʻlsa, "gʻolibi" turibdi. Sizga maktabdan tanish boʻlgan boshqa bir "ishtirokchi" esa 34 tadan atigi 16-oʻrinni egalladi, vaholanki, aynan uni oʻrgangani uchun bir guruh amerikalik olimlar 2006-yilda Shnobel mukofotini olishgan edi. Biz ushbu soʻrovnomada nima oʻrganilganini soʻramaymiz. 16-oʻrinni egallagan "ishtirokchi"ni ayting.