Konan Doyl qahramoni, opera primadonnasi Iren Adler Bogemiya qirolini sharmanda qilish uchun fotosuratdan foydalanishi mumkin edi. Monika Levinskiyning prezident Klinton bilan tushgan suratlari maʼlum sabablarga koʻra ommaga oshkor boʻldi. Ushbu savol qahramoni esa — bizning zamondoshimiz, uni ham Levinskiy kabi Monika deb atashadi va u ham Iren Adler kabi ajoyib aktrisa. U ham davlat rahbari bilan tushgan suratini ommaga eʼlon qilgan. Suratda u yosh, holati esa ancha erkin. Tilga olingan davlat rahbarini ayting.