Sherlok Xolms haqidagi film uchun aktyorlar tanlayotganda, rejissyor Igor Maslennikov tezda Vasiliy Livanov nomzodida toʻxtalgan. Doktor Vatson bilan esa vaziyat qiyinroq kechgan. Rejissyor Vitaliy Solomin nomzodini taklif qilganida, badiiy kengashdagilar: “Solomin qanaqasiga ingliz boʻlsin?” deyishgan. Shunda Igor Maslennikov dalil sifatida bir fotosuratni koʻrsatgan va uni koʻrgach, kengash a’zolari rejissyorning tanloviga rozi boʻlishgan. Ushbu fotosuratda kim tasvirlangan edi?