V. Gyugo Prussiyaga yoʻl olganida, chegarada kirish uchun anketa toʻldirishiga toʻgʻri keldi. Yashash uchun mablagʻni qanday topishi haqidagi savolga Gyugo yozish bilan shugʻullanishini aytdi. Bu prussiyalik jandarmda tushunmovchilik keltirib chiqardi va u yozuvchidan ushbu bandga aniqlik kiritishni soʻradi. Gyugo yashash uchun mablagʻni pat (pero) bilan topishini aytdi. Jandarm yakunda yozuvchining anketasiga qaysi kasbni yozib qoʻydi?