Bir kuni Viktor Gyugo Prussiyaga yoʻl oladi. Chegarada jandarm maxsus anketani toʻldirayotib yozuvchidan soʻradi: — Nima ish qilasiz? — Yozaman, — deb javob berdi Gyugo. — Men tirikchilik uchun mablagʻni nima bilan topasiz deb soʻrayapman. — Pat bilan (pero), — degan javob boʻldi. — Yozib qoʻyamiz, — dedi jandarm, — Gyugo... Jandarm mashgʻulot turi ustuniga nima deb yozib qoʻydi?