Uilton Riksga yozgan xatida Lyuis Kerroll shunday shikoyat qiladi: "Ushbu tashvishli fakt menga maʼlum boʻlganidan beri tinchimni yoʻqotdim, kechasiga sakkiz soatdan ortiq uxlamayapman va kuniga uch martadan koʻp ovqatlanmayapman". Martin Gardnerning fikricha, ushbu faktni bilish psixopatni nevrotikdan ajratib turadi. Mashhur adabiy qahramon bu faktga hech ishonolmasdi va unga buni amalga oshirishda har doim uni tushunadi deb hisoblagan inson yordam berdi. Bu qaysi muassasada sodir boʻlgan edi?