"Hayotnoma"da bir afsona tasvirlangan: unga koʻra, bir shahar yaqinida dahshatli maxluq joylashib olib, shahar aholisini oʻgʻirlab ketar va boshqa "yovuzliklar" qilar edi. Uni tinchlantirish uchun aholi oʻz farzandlarini qurbonlikka keltirar edi. Navbat podshohning qiziga keldi, uni qirmizi libosga kiyintirib, gʻorga kuzatishdi, ammo kimdir maxluq bilan jangga kirishib, uni magʻlub etdi. Diqqat, savol! Biz ushbu jang lahzalaridan birini qayerda kuzatishimiz mumkin?