Rivoyatlarga ko'ra, qadimda Falastinning Lasiya shahri yaqinidagi ko'lda bir ajdarho paydo bo'lib, u atrofni vayron qilgan va shahar aholisini yeb bitirgan. Halokatdan qutulish uchun ular o'z farzandlarini unga qurbonlik qilishga majbur bo'lishgan. Navbat podshohning qiziga kelganida, oq otda kelishgan bir yigit paydo bo'ladi va tabiiyki, ajdarhoni yengadi. Aytgancha, bu yigitning ismi nima edi?