Kunlarning birida Finikiya shahri Tir podshohi Feniks dengiz boʻyida iti bilan sayr qilib yurgan edi. It u yoqdan-bu yoqqa yugurar, qum va toʻlqinlar chiqarib tashlagan suvoʻtlarni kavlar va oʻziga yoqqan narsalarni egasiga keltirib berardi. Toʻsatdan podshoh itning tumshugʻi qon rangidagi dogʻlar bilan qoplanganiga eʼtibor berdi. Shu tariqa qanday sir fosh boʻlgan edi?
Dastlab mitti mollyuskalardan olinadigan ajoyib boʻyoq — purpurning siri.