Maʼlum boʻlishicha, qadimgi finikiyaliklarga — vafot etgan kishining qarindoshlariga u hayotini baxtli oʻtkazgan-oʻtkazmaganini aniqlashda it yungi juda yordam bergan. Qanday qilib? (Bilimdon mushukning maslahati: Qadimgi rimliklarga xuddi shunday holatlarda ikki xil rangdagi toshlar yordam bergan.)
Finikiyalik hayoti davomida har kuni bir tutam it yungini bogʻlagan: baxtsiz kunda — qora, baxtli kunda — oq va uni xaltachaga solib qoʻygan. Oʻlimidan soʻng esa bu bogʻlamlar sanab chiqilgan.