Avliyo Petr soboriga rasm chizayotganda, Mikelandjelo oʻzining dushmanlaridan birini doʻzaxda maxluq koʻrinishida tasvirlagan. Oʻsha odam Rim Papasining oldiga shikoyat bilan borgan. "Sizga hech qanday yordam bera olmayman..." — deb javob bergan Papa va sababini tushuntirgan. U oʻz rad javobini qanday asoslagan?
"Agar u sizni aʼrofda (purgatory) tasvirlaganida, yordam bera olardim. Ammo doʻzax ustidan hukmim oʻtmaydi".