gotquestions.online

Hammizga Mikelanjeloning Sikstin kapellasidagi mashhur "Dahshatli sud" freskasi yaxshi tanish. Bir safar rassomning ustaxonasiga kardinal kelib, shaxsan Papaning buyurtmasi qanday bajarilayotganini koʻrmoqchi boʻladi. Rassomning ishini koʻrib, u koʻplab yalangʻoch figuralar borligiga eʼtibor qaratadi va gʻazab bilan: "Bu yer hammom yoki mayxona emas-ku!" — deydi. Mikelanjelo bundan qattiq xafa boʻladi va ruhoniy ketishi bilan uni shaytonlar orasidagi Minos qiyofasida tasvirlaydi. Rassom biror narsani oʻzgartirishdan bosh tortgach, kardinal Papaning oʻziga shikoyat qiladi. "Mikelanjelo buni oʻchirib tashlasin!" — deb talab qiladi u. "Agar u seni aʼrofga (purgatorium) joylashtirganda edi," — deb oʻychan javob beradi Papa, — "men seni u yerdan chiqarib olishga harakat qila olardim. Lekin...". Papaning jumlasini davom ettiring.

Manba