Arxeolog Shampolyon Misr maqbaralaridagi yozuvlarni oʻqishni maqsad qilib, baʼzi soʻzlar oval ichiga olinganiga eʼtibor berdi. U oval ichiga faqat firʼavnlarning, yaʼni Kleopatra va Ptolemeyning ismlari yozilishi mumkin deb taxmin qildi. Shu tariqa u bir nechta iyerogliflarni oʻqishga muvaffaq boʻldi va bu butun yozuvni tushunishga kalit boʻldi. Shampolyonning biroz omadi kelgan edi, chunki Misr maqbaralaridagi yozuvlarda yana bir toifa insonlarning ismlari baʼzan oval ichiga olingan. Bular qanday insonlar?