Uning akasi Ronald tishlari to'g'ri o'sishi uchun og'zida temir taqib yuradigan, nimjon, husnbuzar bosgan pakana ukasiga befarq edi. Sinfdoshlari qora ko'zlari, chiroyli burni va past bo'yi uchun unga "Sichqoncha" deb laqab qo'yishgan. Studiyani tugatgandan so'ng, u Brodvey atrofidagi teatrlarda har qanday kichik rolni qabul qilib, uni ajoyib ijro etadigan ishonchli aktyor sifatida tanildi. Endi uning hisobida bir necha o'nlab filmlar, ikkita "Oskar" va jahon miqyosidagi shuhrat bor. U kim?