gotquestions.online

Amerika va Yevropa aktyorlik maktablarining ijodga yondashuvidagi farqlar haqida latifalar yuradi. Mana ulardan biri. Dastin Xoffman Lourens Olivye bilan uchrashib qoladi. Xoffmanning soqollari o'sib ketgan, ustidan noxush hid kelmoqda. Lourens qiziqib so'raydi: "Ayting-chi, sizga nima bo'ldi?". Dastin javob beradi: "Men hozir darbadar rolini tayyorlayapman va obrazga kirishim kerak, buni ich-ichidan his qilishni xohlayman". Shunda Olivye so'raydi: "Siz... ko'rmadingizmi?". Nima qilishni?

Manba