Ekologik texnologiyalarga bagʻishlangan koʻrgazmalarning birida Amerikaning "Kulligan" firmasi stendi koʻpchilikni oʻziga jalb qildi. Stend yonida katta eski bochka turardi. Yuqoridan unga katta latun krandan suv oqib tushardi. Kranning oʻzi esa havoda osilib turar va unga hech qanday quvur ulanmagan edi. Bu qanday amalga oshirilgan?
Suv oqimi ichida kranga boradigan shaffof shisha quvur boʻlgan, bochkaga yashirilgan nasos esa suvni yuqoriga haydab turgan.