Bir ixtirochi hech qanday maqsadsiz, yon teshiklaridan yuqori bosim ostida suv beriladigan quti koʻrinishidagi mexanizm yasadi. Qutiga solingan buyum suv oqimlarining kuchli, ammo yumshoq zarbalariga duchor boʻlar va quti devorlariga biror marta tegmasdan narigi tomondan chiqib kelardi. Ixtirochi kutilmaganda oʻz ixtirosi uchun oshxona va restoranlarda keng qoʻllaniladigan soha topdi. Aynan qaysi soha?