Evripid oʻzining fojialaridan birida buyuk bosqinchilardan birining monologini keltiradi. Gʻolib yoʻlboshchi oʻzining ulkan yurishi haqida shunday deydi: "Oltin Lidiya dalalarini, Frigiya va Fors yerlarini, quyosh nurlarida yongan oʻlkalarni, Baqtriya devorlarini tark etib, midiyaliklarning qishki sovugʻini koʻrib, baxtli arablarni ziyorat qildim va butun Osiyoni aylanib chiqdim... Hammani ilhomlantiruvchi raqsga chorladim va oʻz sirlarimni oʻrgatdim, toki foniylar uchun ochiq-oydin xudo boʻlay...". Shuni qoʻshimcha qilamizki, bu yurish hindular ustidan qozonilgan gʻalaba bilan yakunlangan. Biz bosqinchining ismini soʻramaymiz. Ayting-chi: u oʻzining qaysi ixtirosi bilan magʻlub boʻlganlarni baxtiyor qildi?