Gans Xristian Andersen zamondoshlarining guvohlik berishicha, tashqi ko‘rinishiga e’tibor bermagan va ancha tartibsiz kiyingan. Uning eski, kiyilaverib urinib ketgan plashi va g‘ijimlangan shlyapasini butun Kopengagen bilardi. Bir kuni Andersen ko‘chada sayr qilib yurganida, bir yo‘lovchi surbetlarcha undan so‘radi: "Boshingizdagi mana shu abgor narsani shlyapa deysizmi?". Andersen u yo‘lovchidan nima deb so‘ragan?
"Siz esa shlyapangiz ostidagi mana shu abgor narsani bosh deysizmi?".