Al Kapone raqobatchilarni oʻldirishdan ham — Avliyo Valentin kunidagi raqiblar otishmasi bunga misol, mansabdor shaxslarni sotib olishdan ham qaytmagan. Unga ikki familiyadoshi faol yordam bergan. Agar birinchisi — Chikago meri "Katta Bill" — Kaponening odami boʻlgan boʻlsa, ikkinchisi — Jon ismli shaxs — oʻz ixtirosi gangsterlar tomonidan bunchalik sevimli boʻlishini xayoliga ham keltirmagan. Ularning umumiy familiyasini ayting.