Oʻz vaqtida bu ikkalasi yana boshqa ikki kishi bilan birga mashhur serial qahramonlariga aylanishgan. Undan ham avvalroq esa aslzoda oiladan chiqqan bir yosh rassom (uning ijodi bilan siz deyarli aniq tanishsiz) bu ikkisining "qarindoshlarini" juda kutilmagan usulda birlashtirgan. Ushbu birlashmani yaqin vaqtgacha bir Yevropa davlatining banknotasida koʻrish mumkin edi. Biz sizdan banknota nominalini soʻramaymiz. Ushbu rassomning ismi va familiyasini ayting.