Saray masxarabozi qirol xonalari boʻylab oʻtayotib, qirol oʻzining sevimli oltin baliqlari boʻlgan ulkan akvarium ustiga past egilib turganini koʻrib qoladi. Masxarabozning kallasiga bir telbalik urib, u sekingina qirolga yaqinlashadi va uning orqasiga tepib yuboradi. Qirol akvariumga yiqilib, baqira boshlaydi. Soqchilar yetib kelib, masxarabozni tutib olishadi. Shu payt qirol suvdan chiqib deydi: — Masxaraboz, agar hozir qilgan ishingdan ham koʻra surbetlarcha bahona oʻylab topmasang, darhol qatl etilasan! Masxaraboz shu zahoti javob beradi: — Kechirasiz, aʼlohazrat, menga shunday tuyulibdiki...