Bir kuni Fransiya qiroli Fransisk I ning saroy aʼyoni gersog de Bellegard qirol masxarabozi Tribulening jasoratli hazilidan gʻazablanib, uni oʻldirish bilan tahdid qildi. Tribule gersog ustidan qirolga shikoyat qildi. Qirol unga: "Qoʻrqma! Agar kimdir seni oʻldirishga jurʼat etsa, chorak soatdan keyin u mening buyrugʻim bilan osiladi!" deb javob berdi. Masxaraboz qirolning bu marhamatiga nima deb javob qaytargan?
"Uni oʻsha voqeadan chorak soat oldin osishni buyura olmaysizmi?"