Avstraliya afsonalaridan biriga koʻra, jangchi Iondi sehrli buloq yonidan yassi tayoq topib oladi. U tayoqni osmonga tirab, uni yuqoriga koʻtaradi, chunki qadimda osmon yerga juda yaqin boʻlgan. Keyin tayoqning egilib qolganini koʻrib, uni uloqtiradi va juda hayron qoladi. Nima sodir boʻlgan?
Tayoq qaytib kelgan. Bu bumerang paydo boʻlishi haqidagi afsona.