Bumeranglar. Keng tarqalgan fikrga zid oʻlaroq, har qanday bumerang ham uloqtirilgandan keyin yoy chizib, otuvchiga qaytib kelavermaydi. Aksincha, ogʻir jangovar bumeranglar hech qanday holatda orqaga qaytib kelmasligi kerak. Aytgancha, Birinchi jahon urushida inglizlar tomonida jang qilgan avstraliyaliklarning qurollari orasida kichik granatalar oʻrnatilgan bumeranglar ham boʻlgan. Tabiiyki, bunday "sovgʻa"ning qaytib kelishiga hech kim umid qilmagan.