Maʼlumki, dunyoda soʻnggi ikki ming yil davomida bir nechta "gullar urushi" boʻlib oʻtgan. Masalan, Angliyada Qizil va Oq atirgullar urushi, Xitoyda Oq va Yashil lotoslar urushi boʻlgan. Ammo dunyodagi bir mamlakat bu borada mutlaq chempiondir. Unda Oʻrta asrlarda bir vaqtning oʻzida naqd yetti rang: moviy, yashil, qizil, sariq, qora, koʻk va binafsha ranglar urushgan. Agar bu mamlakatda oq deb atalgan Iblis yordamida Sariqlar va Moviy rangdagilar gʻalaba qozongani maʼlum boʻlsa, ushbu mamlakatni ayting.