Sizif odamlar orasida eng ayyor va uddaburon hisoblangan. U hatto oʻlimning oʻzini aldashga muvaffaq boʻlib, uni oʻz yertoʻlasida kishanlab saqlagan. Yer yuzida odamlar oʻlmay qoʻygan. Xudolar, tabiiyki, tartibning bunday buzilishiga jim qarab tura olishmagan. Zevs oʻlimni ozod qilish uchun ulardan kimni yuborgan?
Oʻlimni ozod qilish uchun, tabiiyki, urush kerak. Zevs Aresni yuborgan.