Bu ilohiy elchi bir vaqtning oʻzida ham jozibali, ham shafqatsizdir. Zevs uning qilmishlari odamlar va xudolarga qanchalik koʻp kulfat va yomonlik keltirishini bilgan, shuning uchun uni tugʻilgandayoq oʻldirmoqchi boʻlgan. Onasi goʻdakni oʻrmonda yashirgan va u yerda uni yovvoyi urgʻochi sherlar emizgan. Jinsi, yoshi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar hech kim qutula olmaydigan ushbu yovuzning ismini ayting.
Erot yoki Eros. "Amur" yoki "Kupidon" javoblari qabul qilinmaydi, chunki savolda yunon mifologiyasiga aniq ishora bor.