gotquestions.online

Buddistcha latifa. Bir kuni yosh buddist uyiga ketayotib daryo boʻyiga kelibdi va koʻprikni suv oqizib ketganini koʻribdi. Qarshisidagi yengib boʻlmas toʻsiqqa umidsizlik bilan qarab, u bunday keng daryoni qanday kesib oʻtish haqida oʻylayveribdi. Hammasidan voz kechib orqasiga qaytmoqchi boʻlganida, daryoning narigi qirgʻogʻida ustozini koʻrib qolibdi. Yosh buddist ustoziga baqiribdi: "Muhtaram ustoz, menga bu daryoning narigi qirgʻogʻiga qanday oʻtishni ayta olmaysizmi?". Ustoz bir lahza oʻylanib, daryoning yuqori va quyi oqimiga qarabdi va javoban baqiribdi: "Oʻgʻlim, (boʻsh joy)!". Ustoz nima deb javob bergan?

Manba