Maʼlumki, yunon mifologiyasida Sfinks — ayol yuzi va koʻkragi, sher tanasi va qush qanotlariga ega boʻlgan maxluq. Sfinks yonidan oʻtgan har bir kishiga jumboq berardi, topa olmaganlarni oʻlim kutardi. Ammo Esxilning "Sfinks" dramasida uning oʻzi Silenning jumbogʻini topishiga toʻgʻri keldi: "Orqamga yashirilgan qoʻlimda nima bor — tirik mavjudotmi yoki oʻlikmi?" Nima uchun Sfinks toʻgʻri javobni bera olmadi?
Silen qoʻlida tirik qushchani ushlab turgan edi, uning boʻynini istalgan vaqtda uzib qoʻyishi mumkin edi. Shuning uchun Sfinksning toʻgʻri javob berishga imkoni yoʻq edi.