Sumotori (sumo kurashchilari) ovqatlanishda oʻzlarini cheklamaydilar. Choʻchqa goʻshti, mol goʻshti, parranda, krevetka, mollyuskalar, loviya, qoʻziqorin, tuxum, guruch... Sanab oʻtish shartmi? Biroq musobaqalar paytida irimchi sumotorilar mol yoki choʻchqa goʻshtidan koʻra tovuq goʻshtini afzal koʻradilar. Ushbu irimni tushuntirishga harakat qiling.
Sigir va choʻchqalar 4 oyoqda turadi (magʻlub boʻlgan kurashchini eslatadi), tovuq esa ikki oyoqda (magʻlub boʻlmas sumotori kabi).