Xelsinkilik psixolog Nilye Lifsen mijozlarni tashvish va gʻamlardan xalos qilishning juda oddiy va samarali usulini topdi. Tabiiyki, unga juda koʻp xatlar keladi. Hatto uning azaliy ilmiy raqibi ham xat yozib, yangi usulga eʼtiroz bildirgan holda Lifsenni firibgar deb atadi. Ammo birozdan keyin tinchlanib, uzr soʻradi va hatto Nilye Lifsenning haq ekanligini tan oldi. Siz allaqachon payqagan boʻlsangiz kerak, usulning siri xatlar bilan bogʻliq. Xoʻsh, psixolog xatlar bilan nima qiladi?
hech narsa, u hatto ularni oʻqimaydi ham — asosiysi — bemorlarga dardini toʻkib solish imkonini berish.