Rabbiyning Parvardigor bilan Jannat va Doʻzax haqidagi suhbati haqida qadimiy hasid hikoyasi bor. — Men senga Doʻzaxni koʻrsataman, — deb Parvardigor rabbiyni katta yumaloq stol atrofida oʻtirgan ozgʻin, umidsiz odamlar bilan toʻla xonaga olib kirdi. Stol oʻrtasida goʻshtli ulkan qozon turar edi. Goʻshtdan shunday yoqimli hid taralardiki, rabbiyning soʻlagi oqib ketdi. Shunga qaramay, hech kim ovqatga tegmasdi. Stol atrofidagilarning har biri qoʻlida juda uzun dasta bilan qoshiq tutib turardi — dasta qozonga yetib borish va bir qoshiq goʻsht olish uchun yetarli darajada uzun, ammo goʻshtni ogʻizga solish uchun juda uzunlik qilardi. Rabbiy bu odamlarning azoblari haqiqatan ham dahshatli ekanini tushundi. — Endi esa senga Jannatni koʻrsataman, — dedi Parvardigor va ular birinchisining aynan nusxasi boʻlgan boshqa xonaga kirdilar — oʻsha katta yumaloq stol, oʻsha ulkan goʻshtli qozon, oʻsha uzun dastali qoshiqlar. Biroq bu yerda quvnoq muhit hukmron edi: hamma toʻq, semiz va yuzlari qizil edi. Rabbiy hayron boʻlib Parvardigorga qaradi. — Hammasi juda oddiy, — deb tushuntirdi Parvardigor. — Faqat maʼlum bir mahorat kerak. Gap shundaki... Xoʻsh, gap nimada?
"... bu xonadagi odamlar bir-birlarini ovqatlantirishni oʻrganishgan!"