Savol muallifining fikricha, ushbu asarning tarjimalaridan biri mutlaqo muvaffaqiyatsiz chiqqan. Tarjimonning subyektiv qarashi tufayli qahramonlardan biri oʻzining aslzodaligi bilan faxrlanadigan aristokratdan, qoʻpol nutqli vulyar nuvorishga aylanib qolgan. Natijada asarning asosiy gʻoyalaridan biri: eskirgan konservatizmning jamiyatga yangi progressiv gʻoyalar kirib kelishiga qarshi kurashi buzib koʻrsatilgan. Tilga olingan qahramon oʻz ismini qaysi mavjudotlar sharafiga olganini ayting.