Dunyoning koʻplab yirik shaharlarida kichik yoʻl sumkasi boʻlgan ushbu oʻrta yoshli janobni uchratish mumkin edi. U doimo toʻq kulrang kostyumda boʻlar, pidjagining ichki choʻntagida pul solingan konvertlar, sumkasida esa eng zarur buyumlar orasida har doim kitob boʻlardi. Har bir shaharda u bir necha kun qolar, bunda kuniga koʻp marta turli restoranlarda ovqatlanar va turli mehmonxonalarda tunardi. Bu odam nima bilan shugʻullangan va u dunyoda hamma narsadan koʻra nimani yomon koʻrardi?
U yoʻlkoʻrsatkichlar (putevoditel) tuzuvchisi boʻlgan va dunyoda hamma narsadan koʻra sayohat qilishni yomon koʻrgan.