(yahud.) Olma yeyishdan oldin dindor yahudiy: "Daraxt mevasini yaratgan koinot Podshohi, Rabbimiz Alloh, Sen barakotlisan", non yeyishdan oldin esa: "Yerdan non chiqaradigan koinot Podshohi, Rabbimiz Alloh, Sen barakotlisan" deyishi kerak. Shuningdek, uchayotgan yulduzni koʻrganda, momaqaldiroq eshitganda, atirgul hidlaganda ham alohida duolar aytiladi... Xoʻsh, qaysi holatda yahudiy: "Odil hakam boʻlgan koinot Podshohi, Rabbimiz Alloh, Sen barakotlisan" deydi?